Bundan biroz muddat avval Germaniya O`zbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab kombinasiyalangan preparatini yuborishi haqida SSV xabar bergan edi.
Kecha, 2 sentyabr kuni Toshkent Xalqaro aeroportida ushbu dori vositasi qadoqlarini qabul qilib olish marosimi bo`lib o`tdi.
Unda Sog`liqni saqlash vazirligi mas`ullari, Germaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Casirivimab/Imdevimab (Shveysariyaning "Roche" farmasevtika kompaniyasidan) COVID-19 ga qarshi sun`iy "antitanachalar kokteyl"i bo`lib, hozirda preparat virusning yangi shtammlariga chidamli yagona preparat hisoblanadi.
Tadqiqot natijalariga ko`ra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan o`lim darajasini 70 foizga kamaytirgani va kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirgani aytilmoqda.






