Toshkentdagi Xalqaro kongress-markazida Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumanining dasturi doirasida “Iqtisodiy transformasiya paradigmasini o`zgartirish va koviddan keyingi davrda O`zbekiston ijtimoiy zaif aholisi uchun imkoniyatlarni kengaytirish” mavzusida panel muhokamasi bo`lib o`tdi.
Muhokamada ITB va uning sho``ba korxonalari ekspertlari, O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati, Saudiya Arabistoni Investisiyalar vazirligi, Jahon banki, Afrika Iqtisodiy taraqqiyot Banki, turli davlatlar delegasiyalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi, deya xabar bermoqda Invistisiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Muhokama davomida ITBning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga to`xtalib o`tilgan, kambag`allikni qisqartirishning turili modellari, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo`llab-quvvatlash uchun moliyaviy donorlar mablag`larini jalb qilish va ulardan foydalanish mexanizmlari, davlat tomonidan xususiy sektorni pandemiyaning salbiy oqibatlaridan himoya qilish maqsadida ko`rilayotgan javob choralar ko`rib chiqilgan.
Koviddan keyingi davr sharoitlarida O`zbekistonning investision imkoniyatlari alohida-alohida muhokama qilingan.
Muhokama chog`ida Investisiyalar va tashqi savdo vazirining o`rinbosari Sh.Vafaev moderatorning savoliga javob berar ekan, O`zbekistonda karantin cheklovlari vaqtida va koviddan keyingi davrda tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha amalga oshirilgan ishlar haqida gapiradi.
Xo`jalik faoliyatini “reanimasiya” qilish maqsadida har bir korxona bilan maqsadli o`zaro hamkorlik tashkil etilgani va bu orqali ishbilarmonlarga keng ko`lamli masalalarni hal etishda amaliy ko`mak berilgani ma`lum qilindi. Shuningdek, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, kambag`allikni qisqartirish va aholi, xususan, uning ijtimoiy zaif qatlamlarini ish bilan bandligini oshirishga qaratilgan manzilli dasturlar haqida ham batafsil ma`lumot beriladi.






