Kecha O`zbekistonda 648 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lumot berdi.
2021 yil 3 sentyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 159209 (+648) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 65 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 21 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 18 nafari Jizzax viloyatida,
- 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 10 nafari Navoiy viloyatida,
- 18 nafari Namangan viloyatida,
- 49 nafari Samarqand viloyatida,
- 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 14 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 52 nafari Farg`ona viloyatida,
- 14 nafari Xorazm viloyatida,
- 106 nafari Toshkent viloyatida,
243 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog`iston Respublikasida 59 nafar
Buxoro viloyatida 18 nafar,
Jizzax viloyatida 41 nafar
Qashqadaryo viloyatida 14 nafar,
Samarqand viloyatida 196 nafar,
Surxondaryo viloyatida 19 nafar,
Farg`ona viloyatida 73 nafar,
Xorazm viloyatida 28 nafar
Toshkent viloyatida 104 nafar,
Toshkent shahrida 165 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 151067 (+717) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1106 nafarni tashkil qildi.






