AsosiyJamiyat

Jahon Fanlar akademiyasi prezidenti Innovasion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi

'Jahon Fanlar akademiyasi prezidenti Innovasion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi'ning rasmi

Jahon Fanlar akademiyasi prezidenti doktor Hasan Muhammad Innovasion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov mehmonni ilm-fan, texnolgoiyalar va innovasiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi, jumladan, vazirlik ko`magida tashkil etilgan startaplar va ilmiy ishlanmalar natijalari, vazirlikda tashkil etilgan laboratoriyalar ko`zdan kechirildi.

Mehmon yaratilgan imkoniyatlar ko`lami va tashkil etilgan ishlar samaradorligini yuqori baholadi hamda  boshqa rivojlanayotgan davlatlar ushbu yutuqlarga erishish tajribasini O`zbekistondan o`rganishi mumkinligini belgilab o`tdi.

Shuningdek, tomonlar ko`plab sohalar, jumladan, qishloq xo`jaligi va biotexnologiyalar sohalarida innovasiyalarni joriy etishda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Shu bilan birga, d-r Hasan Muhammad Olmazor tumanidagi yangi tashkil etilayotgan texnoparkni ko`zdan kechirdi.

    Boshqa yangiliklar