Ayni damda Xalq ta`limi vaziri boshchiligida yangi o`quv yilini tashkil etishga bag`ishlangan "Ochiq muloqot o`tkazilmoqda.
Unda ma`lum qilinishicha, maktablarda yangi o`quv yili 6 sentyabrdan to`liq an`anaviy boshlanadi, gibrid shakldan butunlay voz kechildi.
Sherzod Shermatov ochiq muloqotda bu yil darslar gibrid tarzda (ham onlayn, ham oflayn) bo`lmasligini ta`kidladi. Bu o`tgan yili o`zini oqlamagan va jinoyatchilikgni ko`paytirgan.
Qolaversa, XTV o`tkazgan so`rovnomada qatnashgan 94 foiz ota-ona o`quv yili an`anaviy bo`lishini xohlashini bildirgan.
Parallel ravishda televidenie orqali onlayn darslar ham berib boriladi. Bu esa darslar koronavirusga chalinib qolgan bolalar, karantinga yopilishi mumkin bo`lgan maktab o`quvchilari uchun.






