Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumta`lim maktabi variativ sinfining 27 nafar bitiruvchisidan 24 nafari talabalikka qabul qilingan. Ulardan 8 nafari davlat granti, 17 nafari to`lov shartnoma asosida o`qishga kirgan. Bu 93 foizlik natija.
Qo`ng`irot tumani 2-sonli maktabdagi Texnologiya yo`nalishi bo`yicha variativ sinfda 31 bitiruvchidan 27 nafari (87 foizi) talaba bo`lgan.
Shuningdek, Amudaryo tumani 56-sonli maktab Texnologiya yo`nalishidagi variativ sinflarning 11-“b” sinf 100 foizlik, 11-“v” sinf 88 foizlik, jami 94 foiz o`quvchilar OTMga o`qishga kirgan.