AsosiyJamiyat

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi JICAning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

'Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi JICAning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi'ning rasmi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasida qo`mita raisi Bahrom Norqobilov va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Suguru Miyazaki bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi Axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida ikkitomonlama hamkorliknining ustuvor yo`nalishlari, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`yicha istiqbolli loyihalar amalga oshirish borasida qator masalalar muhokama qilindi.

Xususan, veterinariya, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik hamda chorva ozuqasini ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikda loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, veterinariya laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda JICA grant mablag`larini jalb etish hamda soha mutaxassislarining malakasini oshirish, bu borada seminar-treninglar o`tkazish masalalariga e`tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida yosh mutaxassilarning Yaponiya etakchi universitetlarida JDS dasturi doirasida magistratura va doktorantura bosqichlarida ta`lim olishlari hamda SATREPS dasturi doirasida chorvachilik sohasida qo`shma ilmiy-tadqiqotlar olib borishini tashkil etish xususida fikr almashildi.

Muloqotda Suguru Miyazaki hozirgi paytda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta`minlash va chorvachilikning barcha tarmoqlarini rivojlantirishda Qo`mita faoliyati alohida ahamiyat kasb etishini mamnuniyat bilan ta`kidladi.

Shuningdek, Suguru Miyazaki yuqoridagi muhim yo`nalishlar uchun moliyaviy resurslar va grant mablag`larni jalb etish hamda hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari belgilab olindi hamda bu borada ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi Anglashuv Memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar