Bugun Shahrisabz tumani umumta`lim maktablarida yangi o`quv yili boshlanishi munosabati bilan "Birinchi qo`ng`iroq" tadbirlari tashkil etildi. Bu haqda viloyat xalq ta`limi boshqarmasi ma`lum qildi.
Ushbu tadbirlarda tuman hokimi Samad Hasanov ham ishtirok etib, 45-umumta`lim maktabi o`quvchilariga mustaqillik darsini o`tgan.
Ma`lum qilinishicha, hokimbuva o`quvchilarga xalqimizning tarixan bosib o`tgan mashaqqatli yo`li, mustaqillikning mazmun-mohiyati, bugungi siyosatimizning ichki va xalqaro ahamiyati xususida tushuncha bergan.






