AsosiyJamiyat

Afg`oniston qo`shni mamlakatlar bilan virtual shaklda muzokaralar o`tkazdi

'Afg`oniston qo`shni mamlakatlar bilan virtual shaklda muzokaralar o`tkazdi'ning rasmi

 2021 yil 5 sentyabrda Pokiston tomonining tashabbusi bilan O`zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Eron va Xitoyning Afg`oniston bo`yicha maxsus vakillari virtual shaklda muzokaralar o`tkazdi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi. 

 Tomonlar afg`on inqirozini tinch yo`l bilan hal etish bo`yicha mintaqaviy sa`y-harakatlarni birlashtirish, tez fursatlarda mamlakatda keng vakillik asosida inklyuziv hukumat tuzish, inson huquqlari, jumladan, ayollar va milliy ozchilik huquqlarini ta`minlash muhimligini ta`kidladilar.  

 Toliblar tomonidan Afg`onistonda xalqaro terroristik tashkilotlar faoliyatiga hamda ushbu mamlakat hududidan qo`shni davlatlarga har qanday tahdidlarga yo`l qo`ymaslik bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarish muhimligiga e`tibor qaratildi.  

 Afg`onistonga har tomonlama ko`maklashish, xususan, pandemiya davrida insonparvarlik yordami ko`rsatish va oziq-ovqat inqiroziga yo`l qo`ymaslik borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.                                                     

    Boshqa yangiliklar