AsosiyJamiyat

"Sarsonbank" rahbariyati tadbirkor dardi bilan borgan deputatni ham qabul qilishni istamadi

'"Sarsonbank"  rahbariyati tadbirkor dardi bilan borgan deputatni ham qabul qilishni istamadi'ning rasmi

Deputat Rasul Kusherbaev bugun uzoq vaqtdan buyon bank tomonidan sarson qilingan yangiyo`llik tadbirkor masalasida "Milliy bank" rahbariyati qabuliga borgan edi.  

Ma`lum qilinishicha, o`tirgan bank rahbariyati tadbirkor dardi bilan borgan parlament a`zosi  -deputatni ham qabul qilishni istashmagan.  

" - Aslida qonunga ko`ra, deputat, senator o`z vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini ko`rsatib, O`zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.

Kutish joyida qabulni kutishdan charchab, oxiri qaytdik. Va bu bankning tadbirkorlarga ko`makchi emas, "erdan oyog`i uzilgan" sarsonbank ekanligiga yana bir bor ishonchimiz komil bo`ldi.

Alamlisi davlat rahbari ikkita ish o`rni yaratgan tadbirkorni elkamizda ko`taramiz, deb turgan vaqtda ushbu bank rahbariyatining o`z mijozlariga va fuqarolarga bo`lgan bunday munosabatini ko`rib essiz shuncha ishonch, bino va resurslar deymiz", - deydi deputat.

    Boshqa yangiliklar