AsosiyJamiyat

Toshkentda qarzini undirolmagan haydovchi yo`l o`rtasida uchta mashinani pachoqladi

'Toshkentda qarzini undirolmagan haydovchi yo`l o`rtasida uchta mashinani pachoqladi'ning rasmi

Internet tarmog`ida uchta avtomobil - “Matiz”, “VAZ 2107» va “Spark” avtomobillari to`qnashuvi va haydovchilar orasidagi mushtlashuv videosi tarqalmoqda. 

Toshkent shahar IIBB ma`lum qilishicha,  voqea joriy yilning 2 sentyabr kuni soat 11.50 da Bektemir tumani Oltintopgan ko`chasida sodir bo`lgan.  “Matiz” haydovchisi (davlat raqami 01 K 769 KB) Bunyodbek R., Bahrom K. boshqaruvidagi “VAZ 2107” rusumli avtomobili (davlat raqami 01 Z 786 OA) uchun avariyaviy holat yuzaga keltirgan. Natijada yuqoridagi avtomobillar va Sardor X. boshqaruvidagi “Spark” (davlat raqami 01 V 742 KB) avtomobili to`qnashuvi yuz bergan. “VAZ 2107” avtomobili to`xtagach, “Matiz” va “Spark” avtomobillari haydovchilari “VAZ 2107” haydovchisiga tan jarohatlari etkazishgan.

Kelishmovchilikka 1990-yilda tug`ilgan Bahrom K. va 1985-yilda tug`ilgan Bunyod R. orasidagi qarz munosabatlari sabab bo`lgan.

Holat tafsilotlari Bektemir tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o`rganilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar