AsosiyJamiyat

Klinik ordinaturaga hujjatlar qabul qilish 10 sentyabrgacha uzaytirilgan — SSV

'Klinik ordinaturaga hujjatlar qabul qilish 10 sentyabrgacha uzaytirilgan — SSV'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirining 2021 yil 19 avgustdagi buyrug`i bilan 2021/2022 o`quv yilida klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish tartiblariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan.

Unga qo`ra, klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yilning 23 avgustidan 10 sentyabriga qadar uzaytirilgan.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Yana bir yangilik shuki, mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat va karantin tartiblarini inobatga olib, bundan tashqari, hujjatlar qabul qilish muddati uzaytirilgani hisobiga 2021/2022 o`quv yili bo`yicha klinik ordinatura (rezidentura)da o`quv jarayonlari 6 sentyabrdan emas, 20 sentyabrdan boshlanishi belgilandi.  

Shuningdek, klinik ordinatura (rezidentura) orqali tibbiy kadrlarni 2021/2022 o`quv yilida tayyorlash bo`yicha mutaxassisliklari va ularga muvofiq keluvchi bakalavriat ta`lim yo`nalishlari ro`yxatiga qo`shimchalar kiritildi.

 

    Boshqa yangiliklar