AsosiyJamiyat

Toshkent metropolitenida yangi metro poezdlari ishga tushirildi

'Toshkent metropolitenida yangi metro poezdlari ishga tushirildi'ning rasmi

Toshkent metropolitenida o`tgan haftada keltirilgan yangi metro poezdlari poytaxt ahli va mehmonlariga xizmat qilishni boshladi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ axborot xizmati ma`lum qildi.

Yangi poezdlarining sozlash ishlari yakunlangach, eng ko`p yo`lovchilar oqimiga ega bo`lgan Chilonzor yo`nalishiga uchta harakat tarkib o`z ishini boshladi.

Qolgan yana ikkita metro poezdi yaqin orada ushbu yo`nalishda aholi xizmatida harakatlanadi.

Ta`kidlanishicha, endi Chilonzor yo`nalishida ertalabki tig`iz vaqtda soat 07:30 dan 9:00 gacha poezdlar orasidagi interval 3 daqiqani va kechqurungi tig`iz vaqtda 16:30 dan 19:30 gacha 4 daqiqani tashkil etilmoqda.

Boshqa yangiliklar