Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmatining dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 6 sentyabr kuni soat 16:40 larda, Jizzax viloyati, G`allaorol tumani hududida sodir bulgan.
"Samarqand-Toshkent" yo`nalishida harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1985 yilda tug`ilgan Sh.G`. boshqaruvidagi "Kamaz" rusumli yuk avtomobilining gaz uskunasidagi nosozlik sabab yong`in yuzaga kelgan.
Haydovchi avtomobilni zudlik bilan to`xtatgan. Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q.
Mazkur hodisa yuzasidan G`allaorol tumani FVB hamda YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






