Ijtimoiy tarmoqlarda “Marg`ilonda ustozlar majburiy ishga jalb etildimi” sarlavhali xabar tarqaldi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma`lumot berdi.
Ushbu holat yuzasidan Farg`ona shahar Aholi bandligiga ko`maklashish markazi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`rganish o`tkazildi.O`rganish davomida majburiy mehnat holati aniqlanmadi, biroq 15-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi xodimlariga nisbatan mehnat qonunchiligi talablari buzilgan.
️Mazkur holat bo`yicha Marg`ilon shahar 15-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori v.v.bga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan eng kam oylik ish haqqining 10 barobari miqdorida jarima qo`llanildi.






