AsosiyJamiyat

Nurafshon shahar hokimining xizmat avtomobili qoidalarga amal qilmaydimi — piyodalar o`tish joyida to`xtab turgan "Captiva"ning egasiga chora ko`rildimi?

'Nurafshon shahar hokimining xizmat avtomobili qoidalarga amal qilmaydimi — piyodalar o`tish joyida to`xtab turgan "Captiva"ning egasiga chora ko`rildimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent viloyati, Nurafshon shahar hokimining xizmat avtomobili qoidalarga amal qilmaydimi?" sarlavhasi ostida tarqalgan video tarqalgan edi. Holat yuzasidan  Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda "Captiva" rusumli, 10 107TVH davlat raqam belgili avtomobil piyodalar o`tish joyida to`xtab turganligi aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik e`tirozlariga sabab bo`ldi.

 Video Toshkent viloyati IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganildi va qoidani buzgan haydovchiga nisbatan bayonnoma tuzilib, BHMning 2 baravari miqdorida jarima belgilandi.

    Boshqa yangiliklar