Prezident farmoniga ko`ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
- kameral soliq tekshiruvi natijalari bo`yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo`llanilmaydi;
- tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvarga qadar soliq to`lovchilarga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur bo`lgan soliq solish ob`ekti yoki soliq solish bilan bog`liq boshqa ob`ektlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish imkoniyati yaratiladi.






