Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya`ni chet tili fanidan test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo`lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellyasiya shikoyati berishlari mumkin bo`ldi. Bu haqda DTM xabar bermoqda.
Apellyasiya arizalari 14 sentyabrga qadar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
Bunda apellyasiya arizasini bermoqchi bo`lgan talabgor dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining "Magistratura” bo`limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritishi lozim.
Agar talabgor haqiqatdan ham chet tili fanidan test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo`lsa, apellyasiya arizasini berishi mumkin bo`ladi va ariza berish oynasi ochiladi.
Mazkur sahifaga tegishli ma`lumotlarni kiritish orqali apellyasiya arizasi beriladi.
Apellyasiya arizasini bergan talabgorga uni ko`rib chiqish sanasi va vaqti ko`rsatilgan xabarnoma beriladi. Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.






