AsosiyJamiyat

Qidiruvdagi shaxs haydovchilik guvohnomasini olishga O`rtachirchiq tumaniga kelganida qo`lga tushib qoldi

'Qidiruvdagi shaxs haydovchilik guvohnomasini olishga  O`rtachirchiq tumaniga kelganida qo`lga tushib qoldi'ning rasmi

️Toshkent viloyati, O`rtachirchiq tumanida joylashgan 4-tumanlararo ro`yxatlash va imtihon olish bo`limiga haydovchilik guvohnomasini olish uchun kelgan fuqaro, 1974 yilda tug`ilgan V.K.ning ma`lumotlari maxsus markazlashgan dastur orqali tekshirilganda, u O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25 va 166-moddalarida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, 2016 yil sentyabr oyidan buyon qidiruvda ekanligi ma`lum bo`lgan.

️Bo`limda xizmat olib borayotgan DYHXX xodimlari A.Toshpo`latov va S.Avazovlar tomonidan qidiruvdagi fuqaro V.K. ushlanib tuman IIBga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar