AsosiyJamiyat

Innovasion rivojlanish vazirligi binosi joylashgan Universitet ko`chasi yopildimi? Vazirlik izoh berdi

'Innovasion rivojlanish vazirligi binosi joylashgan Universitet ko`chasi yopildimi? Vazirlik izoh berdi'ning rasmi

7 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Innovasion rivojlanish vazirligi oldidagi asfaltlangan yo`l MChJga berib yuborilgani, faqat vazirlik xodimlarigina bu yo`ldan o`tishiga ruxsat berilgani to`g`risida xabar tarqaldi. Innovasion rivojlanish vazirligi Axborot xizmati holatga izoh berdi.

Unga ko`ra, ushbu yo`lni 7 sentyabr kuni yopilishiga Innovasion rivojlanish vazirligining aloqasi yo`q. Beruniy metro bekati yonidagi avtoturargohni tartibga solishga mas`ul «Poytaxt Avto Parking” MChJda faoliyat yuritayotgan xodimlar Talabalar shaharchasiga keladigan avtomashinalarning avtoturargohga qo`yilishini ta`minlash maqsadida ushbu yo`lni yopib qo`yishgani ma`lum bo`ldi.

Olmazor tuman hokimiyati tomonidan Beruniy metrosidan Universitet ko`chasiga transport harakati ochib qo`yildi. Universitet ko`chasidan avtomashinalarning to`siqlarsiz kirib chiqishi ta`minlandi.

Boshqa yangiliklar