Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmning Bog`ot tumanida 4 ta erkak 1 qizga tashlandi” nomli sarlavha ostida videolavha tarqaldi.
Holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, videolavhada aks etgan jarayon 2021 yil 29 avgust kuni Bog`ot tumani IIB ma`muriy binosida oldida qayd etilgan holat bo`lib, bunda ishtirokchilar bir-birlarini o`zaro haqoratlaganlar, lekin bir-biriga nisbatan jismoniy kuch ishlatmaganlar
Videolavhada jabrlanuvchi sifatida tanishtirilgan, Bog`ot tumanida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan G.S. ismli ayol shu tumanda yashovchi, A.O va A.N. va D.M. ismli erkaklarga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`rab, Bog`ot tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilgan, o`z navbatida ushbu erkaklar ham arizago`y G.S. ning xatti-harakatlaridan norozi bo`lib, Bog`ot tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilishgan.
Ta`kidlanishicha, G.S. ni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish maqsadida “Himoya orderi” rasmiylashtirilgan.
Xozirgi kunda mazkur xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda,deyiladi xabarda.






