3 sentyabr kuni soat 21:30larda Qarshi shaharning “Chulquvar” mahallasida yashovchi Shahriyor jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan Islom Karimov ko`chasida joylashgan “Bahor” savdo markazi ro`parasida, G`uzor tuman “Jarariq” mahallasida yashovchi Jonibek bilan o`zaro janjallashib qolgan. Shunda Shahriyor jamoat joyida fuqarolarning ko`z o`ngida yonidagi pnevmatik pistoletdan bir necha marotaba o`q uzib, Jonibekka tan jarohati etkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Natijada, pnevmatik pistoletdan otilgan o`qlardan ikkitasi Jonibekka tegishi oqibatida u tan jarohati olgan. Mazkur holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Shaxriyorga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






