Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Xalqaro kongress markazida O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s`ezdi bo`lib o`tmoqda. Unda Shavkat Mirziyoev o`z saylovoldi dasturi – Yangi O`zbekiston strategiyasining asosiy yo`nalishlari bo`yicha ma`ruza qilmoqda.
Dastlab, davlat rahbari o`tgan besh yildagi natijalarga qisqacha to`xtalib o`tdi.
Ta`kidlanishicha, 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Uning doirasida 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod Prezident farmoni va qarori qabul qilindi.
Shuningdek, so`nggi besh yilda mamlakat iqtisodiyoti 24 foizga, sanoat – 34 foizga, eksport hajmi 1,5 barobarga, xorijiy investisiyalar hajmi esa 3 barobarga o`sgan. Qayd etilishicha, shu davrda o`rtacha oylik ish haqi 2,2 marta ko`paygan.
Ayni paytda Shavkat Mirziyoev kelgusi 5 yildagi asosiy maqsadlarni bayon etmoqda.
Mavzuga doir: