AsosiyJamiyat

Prezident: "Toshkentda qurilishni qisqartiramiz, bo`ldi endi, odamlar ham chidamaydi"

'Prezident: "Toshkentda  qurilishni qisqartiramiz, bo`ldi endi, odamlar ham chidamaydi"'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Xalqaro kongress markazida O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s`ezdi bo`lib o`tmoqda. Unda Shavkat Mirziyoev o`z saylovoldi dasturi – Yangi O`zbekiston strategiyasining asosiy yo`nalishlari bo`yicha ma`ruza qilmoqda.

- Taqdim etilayotgan strategiyada hududlarni mutanosib rivojlantirish masalalari ilk bor ustuvor yo`nalish sifatida belgilanmoqda, - dedi Shavkat Mirziyoev O`zLiDeP s`ezdida.

Har bir hudud bo`yicha tuman va shaharlar kesimida 14 ta besh yillik dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu dasturlarning mazmun-mohiyati joylardagi saylovoldi uchrashuvlarimizda har bir hudud jamoatchiligi e`tiboriga taqdim etiladi.

Urbanizasiya siyosati yanada takomillashtiriladi. Shu maqsadda 18 ta katta, 22 ta o`rta va 80 ta kichik shaharlar o`rtasida transport-logistika tizimi va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari amalga oshiriladi.

Renovasiya dasturlari asosida, shaharlarda eskirgan uylar o`rniga 19 million kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylar quriladi, 275 mingdan ziyod oilalar yangi massivlarda yashay boshlaydi.

Og`ir ekologik sharoitga qaramasdan, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo`shib kelayotgan Qoraqalpog`iston Respublikasini kompleks tarzda rivojlantirishga alohida va ustuvor ahamiyat qaratamiz.

"Toshkentda  qurilishni qisqartiramiz, bo`ldi endi, kanalizasiyasi ham chidamaydi, odamlari ham chidamaydi, shahar betonga aylanib ketadi. Bahavo joyga Yangi Toshkent olib chiqiladi", - degan Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar