Bugun , 9 sentyabr kuni Namangan Davlat Universiteti 2-talabalar turar joyi binosida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limiga soat 8-48 da ma`lumot kelib tushgan.
O`t o`chiruvchilarning zudlik bilan voqea joyiga etib borishi tufayli talablar turar joyining oshxonasida turgan 1 dona muzlatgich yonib zararlangan.Tezkor harakat natijasida yong`inni bartaraf etilgan.
Sodir bo`lgan yong`in natijasida talabalarni kuyish tan jarohati olish hamda halok bo`lish holatlariga yul qo`yilmagan.
Hozirda sodir bo`lgan yong`in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.






