AsosiyJamiyat

Senat raisi Venada BMT Bosh kotibining o`rinbosari bilan muzokaralar olib bordi

'Senat raisi Venada BMT Bosh kotibining o`rinbosari bilan muzokaralar olib bordi'ning rasmi

Shu kunlarda Senat raisi Tanzila Narbaeva boshchiligidagi O`zbekiston parlamenti delegasiyasi Vena shahrida Parlamentlararo ittifoq tomonidan BMT va Avstriya parlamenti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Ayol spikerlarning 13-sammiti va Parlamentlar rahbarlarining 5-butunjahon konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Senat raisi Venaga tashrifi davomida BMT Bosh kotibining o`rinbosari, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo`yicha boshqarmasi ijrochi kotibi Geda Vali bilan uchrashgani haqda o`zining telegram sahifasi orqali ma`lum qildi.

" - BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo`yicha boshqarmasi rahbarining O`zbekistonga tashrifini tashkil etish, ushbu tashkilotning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun maxsus dasturini qabul qilish hamda giyohvand moddalar aylanmasi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish muzokaralarning asosiy mavzulari bo`ldi.

2022-2025 yillarga mo`ljallangan ushbu dasturning amalga oshirilishi odam savdosi, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqbuzarliklarni o`rganish, shuningdek, oila qadriyatlarini mustahkamlash chora-tadbirlari doirasida giyohvandlikning oldini olish bo`yicha huquq-tartibot idoralarining salohiyatini oshirish imkonini beradi", deydi Tanzila Narbaeva.

 

    Boshqa yangiliklar