AsosiyJinoyat

Toshkentda ona va qiz o'rtasidagi kelishmovchilikka barham berildi

'Toshkentda ona va qiz o'rtasidagi kelishmovchilikka barham berildi'ning rasmi

Yunusobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlariga Bo`zsuv mahallasida yashovchi 34 yoshli Diloram K. murojaat qilib, uyda janjal ko`taruvchi va maktab darslarini qoldirayotgan 15 yoshli qizi Sarvinoz K. bilan munosabatni tartibga keltirib berishni iltimos qildi

8-sentyabr kunidagi navbatdagi kelishmovchilikdan so`ng Sarvinoz onasi bilan janjallashib uyini ichidan qulflab olib hech kimni kiritmagan.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektori profilaktika inspektori bilan birga ona bilan ham, uning qizi bilan ham suhbat o`tkazishdi. Sarvinozning onasi qizi so`ngi vaqtda juda o`zgarganini, har qanday iltimos yoki tanbeh unga og`ir botayotganini aytdi. 

Onasi yakka o`zi to`rt nafar voyaga etmagan farzandlarini tarbiyalayotganini ma`lum qildi. O`smir qiz bilan yakka tartibda profilaktik suhbat o`tkazildi. Ona va uning qiziga tegishgli tavsiyalar berildi.

    Boshqa yangiliklar