JIB Shayxontohur tuman sudi tomonidan 1.000.000.000 so`mlik tillalarni bosqinchilik yo`li bilan egallagan uch nafar sudlanuvchiga hukm o`qildi.
Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Abdulla Abdulxaev raisligida 3 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi.
Sudlanuvchilar 22 yoshli yigit 23 yoshli va muqaddam sudlangan 35 yoshli tanishlari bilan oldindan, o`zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo`lib, o`zganing juda ko`p miqdordagi mulkini talonchilik yo`li bilan talon-toroj qilishni maqsad qilishadi. Guruhdagi vazifalarini taqsimlab, unga ko`ra, 22 yoshli yigit boshqaruvidagi avtomashinada jinoyat ob`ektini kuzatib, jinoiy sheriklarini xodisa joyiga etkazish va ularni kutib turishi kerak bo`ladi. O`z navbatida 35 yoshli sudlanuvchi hodisa joyiga yaqin turish va begona shaxslar kelgan taqdirda bu haqda sheriklarini ogohlantirishi lozim edi. 23 yoshli sudlanuvchi jabrlanuvchi tanib olmasligi maqsadida yuziga niqob kiyib, o`tkir tig`li jism bilan qo`rollanib, jabrlanuvchidan mulkni egallab olish hamda hodisa joyidan yashirinib, egallagan mulkni uchchovlon o`zaro taqsimlab olishni rejalashtirishadi.
Jinoyat sodir etilgan kuni, ya`ni yarim tun soat 01:30 larda uchchovlon o`zganing mulkini bosqinchlik yo`li bilan talon-toroj qilish maqsadida avtomashinada ko`zlangan manzil – uy oldidan tilla mahsulotlarini olib ketayotgan sudlanuvchining boshqaruvidagi avtomashina ortidan kuzatib, avtomashina hodisa joyiga etib kelgunga qadar guruh a`zolari oldindan tuzilgan jinoiy rejaga asosan o`z joylarini egallab olishgan.
Kuzatuvda bo`lgan avtomashina manzilga kelgach, u erdan selofan paketga solingan qog`oz quti ichidagi, jami narxi 1.000.000.000 so`mlik tillalarni voyaga etmagan bola olib chiqib, uni shu erda kutib turgan voyaga etmagan jabrlanuvchiga bergandan so`ng, u tillalarni olib uyga kirgan vaqtida, unga 23 yoshli sudlanuvchi hayot va sog`liq uchun xavfli bo`lmagan zo`rlik ishlatib, shunday zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitib, pichoq ko`rsatib, uning yuz qismiga qop kiydirib, qo`l va oyoqlari bilan urib, qo`lidagi tillalarni bosqinchilik yo`li bilan egallab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur uch nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 4-qismining “a” bandi bilan aybdor deb topildi. Jinoyat kodeksi 166-moddasi 4-qismining “a” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Manfaatdor taraflarga sudlanuvchidan etkazilgan moddiy va ma`naviy zararni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligini tushuntirildi.
Apellyasiya shikoyati va protestlari hukm e`lon qilingan kundan e`tiboran yigirma sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning ko`chirma nusxasi topshirilgan kundan e`tiboran shu muddat ichida berilishi mumkin.