Qozon shahrida o`tayotgan MDH o`yinlari doirasida dyuzdo bo`yicha final bahslarida o`zbekistonlik qizlar faol ishtirok etishmoqda. Halimajon Qurbonovadan keyin yana bir hamyurtimiz Shukurjon Aminova ham oltin medalni qo`lga kiritdi.
57 kg vazn toifasida O`zbekiston sharafini himoya qilgan Shukurjon Aminova rossiyalik Vita Maydanikka qarshi kurash olib bordi va g`alaba qozondi.