AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda aholi noroziligiga sabab bo`layotgan 2291 ta qonunbuzilish holati aniqlandi

'Qashqadaryoda aholi noroziligiga sabab bo`layotgan 2291 ta qonunbuzilish holati aniqlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyat, Davlat xizmatlari agentligining xabar berishicha, Sog`liqni saqlash muassasalari, Er resurslari va davlat kadastri, Qurilish va arxitektura idoralari, “O`zbekenergo”, shuningdek, DSENM kabi idoralar aholi noroziligiga sabab bo`lmoqda. 

Qayd etilishicha, mas`ullar tomonidan 1804 ta holatda murojaatga javob berishda muddat buzilgan, 85 ta holatda to`g`ridan-to`g`ri xizmat ko`rsatilgan va 402 ta holatda aholi murojaatlari asossiz rad qilingan.

Tezkor va qulay davlat xizmatlari ko`rsatilishi talab qilinayotgan bir paytda mutasaddi davlat tashkilotlarining tizimda bunday qonunbuzilish holatlari sodir etishi aholining noroziligini oshirishga sabab bo`ladi.

Har bir davlat tashkiloti o`z ishiga e`tibor va mas`uliyat bilan yondashmas ekan, odamlarning ertangi kunga ishonchi qolmaydi.

Ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan vakolatli davlat tashkilotlariga

85 ta taqdimnoma va 254 ta ogohnoma kiritildi. Shuningdek, 168 nafar aybdor shaxslar ma`muriy javobgarlikka tortildi.

Qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida vakolatli tashkilotlarning mas`ul xodimlari ishtirokida doimiy targ`ibot tadbirlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar