Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda "Xorazmda haydovchi va YPX xodimi o`rtasida katta janjal sodir bo`ldi" sarlavhasi ostida video tarqalgan edi.
Ayni paytda IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, holat o`rganib chiqilgan va Xorazm viloyatida haydovchiga nisbatan rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnoma asosli deb topilib, xizmati davomida yo`l qo`ygan kamchiliklari uchun ikki nafar xodimga jazo berilgan.
Ma`lum qilinishicha, ushbu hodisa yuzasidan Xorazm viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruv yakuniga ko`ra, fuqaro D.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 135 hamda 194-moddalari tartibida rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnoma asosli deb topilib, xizmati davomida Ichki ishlar vazirining ayrim me`yoriy buyruqlari talablariga rioya qilmaganligi bois, Xorazm viloyati IIB YHXB YPX xodimlari Yo.Komilov va A.Olimovlarning har biriga "Hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo`llanilishi belgilandi, deyiladi xabarda.






