AsosiyJamiyat

Milliy Paralimpiya Qo`mitasi tarkibida “Matonat maktabi” tashkil etiladi

'Milliy Paralimpiya Qo`mitasi tarkibida “Matonat maktabi” tashkil etiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Paralimpiya o`yinlari ishtirokchilari bilan uchrashuvda kelgusi musobaqalarga stol tennisi, qilichbozlik, kamondan otish, velosport, ot sporti, badminton singari turlar bo`yicha ham yo`llanmalar uchun kurashish kerakligini ta`kidladi hamda bo`lg`usi Paralimpiya o`yinlariga puxta hozirlik ko`rish uchun mas`ullarga topshiriqlar berdi.

Topshiriqqa ko`ra:

  • xorijiy mamlakatlardan eng tajribali mutaxassis va murabbiylarni jalb qilinadi;
  • para-sport turlari bo`yicha iqtidorli atletlarni saralash va ularning zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtiriladi;
  • sport ta`limi maskanlarida tegishli o`qitish dasturlari va metodikasini joriy qilish bilan birga, ularda paralimpiya bo`limlarini tashkil etib, qo`shimcha kvotalar ajratiladi;
  • 2022/2023 o`quv yilidan boshlab, O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasi qoshida Para-limpiya sport turlari bo`yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etiladi;
  • para-sportchilarni muntazam ravishda tibbiy ko`rikdan o`tkazish, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish maqsadida, ularni Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga biriktiriladi;
  • “Amirsoy” tog`-chang`i sport majmuasi hamda “Humo-Arena” muz saroyi bazalarida paralimpiyachilar uchun sharoit yaratiladi;
  • O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasining para-sport bo`yicha yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarni keng jalb etgan holda, Qo`mita tarkibida “Matonat maktabi”ni tashkil etiladi;
  • jismoniy imkoniyati cheklangan bo`lsa-da, ilm-fan, madaniyat va san`at, sport sohasidagi katta yutuqlari bilan namuna bo`lib kelayotgan zamondoshlarimiz haqida publisistik asarlar, ko`rsatuv va eshittirishlar, ijtimoiy roliklar, hujjatli va badiiy filmlar yaratiladi.

Prezident “Matonat maktabi”ni tashkil etish bo`yicha mas`ullarga topshiriqlar berarkan, turli yomon yo`llarga kirib ketayotgan yoshlarga para-sportchilar hayoti o`rnak bo`lishi kerakligini ta`kidlab: “Yaxshisi ham, yomoni ham mening bolalarim. Ularning kelajagi uchun men javobgarman!” – dedi.

Sardorbek Rahmonqulov

    Boshqa yangiliklar