AsosiyJamiyat

Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi direktoriga o`rinbosar tayinlandi

'Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi direktoriga o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Shadixodjaev Nuriddin Abdumalikovich budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuchi direktorining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Pensiya jamg`armasi Axborot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, Nuriddin Shadixodjaev 1984 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. 2010 yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

O`z mehnat faoliyatini 2003 yilda Toshkent shahar Mirobod tumani Ijtimoiy ta`minot bo`limi Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni to`lash sho``basi 1-toifali mutaxassisi sifatida boshlagan. Turli yillarda Pensiya jamg`armasi Ijro etuvchi apparati Mablag`larni boshqarish va pensiya nafaqalar to`lovi monitoringi bo`limi boshlig`i, Pensiya jamg`armasi mablag`larini boshqarish va hisobini yuritish boshqarmasi boshlig`i lavozimida xizmat qilgan.  

Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi apparati To`lov tizimini rivojlantirish va daromadlar hisobini yuritish boshqarmasi boshlig`i lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar