2021 yil 13 avgust kuni Buxoro mintaqaviy temir yo`l uzeliga qarashli “Buxoro Birlashgan yoqilg`i moy ombor xo`jaligi” korxonasi atrofida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida “Energomantajpoezd” unitar korxonasida ishlovchi 1981 y.t. Q.B. va 1988 y.t. M.O.larning kirdikorlari fosh bo`ldi.
Ular ushbu korxonaga tegishli “ISUZU” rusumli avtomashina bilan Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Xusbiddin qishlog`i 138-xonadonga borib ushbu avtomashini yukxonasida bo`lgan 1.000 litr hajmli metal idishdan dizel yoqilg`isini qonunga xilof ravishda talon-taroj yo`li bilan olayotganlarida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti ma`lum qildi.
Ushbu fuqarolarga nisbatan to`plangan hujjatlar tegishli tartibda qonuniy chora ko`rish maqsadida Kogon shahar jinoyat ishlar bo`yicha sudiga yuborilgan.






