AsosiyJamiyat

"Hizb-ut Tahrir" ekstremistik tashkilotining "Ayollar qanoti"ga a`zo bo`lgan 29 nafar toshkentlik ayol qo`lga olindi

'"Hizb-ut Tahrir" ekstremistik tashkilotining "Ayollar qanoti"ga a`zo bo`lgan 29 nafar toshkentlik ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahrining Shayxontohur, Uchtepa, Olmazor, Sirg`ali va Yakkasaroy tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent va Qibray tumanlarida yashovchi 29 nafar ayol "Hizb-ut Tahrir" ekstremistik tashkilotining "Ayollar qanoti" jamoasi a`zosi bo`lishgani ma`lum bo`ldi. 

IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasining ma`lumotiga ko`ra, ular hozirda qidiruvda bo`lgan "Hizb-ut Tahrir" diniy ekstremistik tashkiloti a`zolari – 1970 yilda tug`ilgan L.Umarova va 1974 yilda tug`ilgan M.Saydaminovalar bilan internet tarmog`i va turli ijtimoiy messenjerlar orqali aloqa qilishgan. Va ularning ko`rsatmalari asosida aholi orasida tashkilot g`oyalarini targ`ib qilish va tashkilot safini kengaytirish bilan shug`ullanib kelishgan.

2021 yilning 10 sentyabr kuni, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan jamoa a`zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo`yildi. 

Mazkur ayollarning yashash manzillarida va uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda ushbu ayollarning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va ularni javobgarlikka tortish maqsadida tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Fuqarolarni o`zlarini va farzandlarini ekstremistik oqim va terroristik tashkilotlar safiga qo`shilib qolishdan ogoh bo`lishga chorlamoqda.

 

    Boshqa yangiliklar