AsosiyJamiyat

100 nafar o`zbekistonlik Rossiyaning yuk avtomobillarini ishlab chiqarish korxonasiga ishlash uchun jo`nab ketdi

'100 nafar o`zbekistonlik Rossiyaning yuk avtomobillarini ishlab chiqarish korxonasiga ishlash uchun jo`nab ketdi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Rossiya Federasiyasining “Kamaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati o`rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi asosida o`tkazilgan tanlov jarayonlaridan muvaffaqiyatli o`tib, tibbiy ko`rik natijalari ijobiy chiqqan 100 nafar o`zbekistonliklar yuk avtomobillarini ishlab chiqarish korxonasiga  vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda jo`natildi.

Namangan xalqaro aeroporti orqali vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolar bilan targ`ibot ishlari olib borilib, sohaga oid buklet, tarqatma materiallar berildi.

Ma`lumot uchun, ish beruvchi tomonidan fuqarolarimizga avia chipta, yotoqxona xarajatlari qoplab beriladi va Rossiya hududida ishlash xuquqini beruvchi hujjat rasmiylashtirish, oziq-ovqat to`lovlari ish xaqidan qisman ushlash sharti bilan amalga oshiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar