Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumanida o`quvchilarning polda o`tirgani bilan bog`liq holat ayni vaqtda Viloyat prokuraturasi tomonidan o`rganilmoqda.
Ushbu video yozuvda muallif tomonidan "hurmatli xalq ta`lim vaziri Sherzod Shermatov biz tomonga bir boqib qo`ying. Yurtimizda ta`lim sohasida olib borilayotgan keng ko`lamli ishlaringiz ko`zni quvontiradi! Lekin Yakkabog`da sizni islohotlaringiz etib kelgani yo`q!" deyiladi.
Hozirda ishchi guruh tomonidan mazkur holat va video lavhaning haqqoniyligi o`rganilmoqda.