AsosiyJamiyat

Asosiy ishtirokchilari maktab o`quvchilari bo`lgan “Bir million dasturchi” loyihasi bo`yicha etakchi viloyatlar ma`lum qilindi

'Asosiy ishtirokchilari maktab o`quvchilari bo`lgan “Bir million dasturchi” loyihasi bo`yicha etakchi viloyatlar ma`lum qilindi'ning rasmi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida IT sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlash, shuningdek, Prezident, ixtisoslashgan va san`at maktablarida ta`lim sifatini oshirish masalalariga qaratilgan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar qilishicha, yig`ilish avvvalida davlat rahbari va BAA hukumat ishlari bo`yicha vaziri Muhammad Abdulla al-Gergavi o`rtasida videokonferens aloqa orqali suhbat bo`lib o`tdi. Unda BAA vakili 2019 yildan beri O`zbekiston bilan o`rnatilgan hamkorlik aloqalari o`zining ijobiy samarasini berayotgani, bu ikki davlat uchun ham manfaatli bo`layotganini ta`kidladi.

Keltirilishicha, barcha soha va hududlarda “Raqamli O`zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida hozirga qadar hududlarda 89 ta, tarmoqlarda 200 dan ortiq loyihalar amalga oshirilgan. Yil boshidan buyon:

  • IT-park rezidentlari soni 35 foizga ko`payib (482 ta), ularda 6 mingdan ortiq yangi ish o`rni yaratilgan;
  • Ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar hajmi 2,4 baravarga, ularning eksporti 3,3 baravarga oshib, 26 million dollarga etgan.

Kelgusi 3 yilda iqtisodiyot sohalarida yana 300 ta yangi loyihani amalga oshirish belgilangan. Bu borada Dubay Kelajak Fondi ishtirokida “Bir million dasturchi” loyihasini boshlangan.

Bugungi kunga qadar loyiha doirasida 567 ming yoshlar uchun bepul ta`lim olish imkoniyati yaratilib, ularning 217 ming nafari sertifikatlarni qo`lga kiritdilar.

Viloyatlar kesimida:

  • Navoiy - 51 ming nafar;
  • Andijon - 41 ming nafar;
  • Qoraqalpog`istonda - 18 ming nafar sertifikat olgan yoshlar soni eng ko`p.

E`tiborli jihati – loyiha ishtirokchilarining 446 ming nafarini (79 foiz) maktab o`quvchilari tashkil etadi.

Fursatdan foydalanib, zamonaviy IT, qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi eng ilg`or yo`nalishlarda qo`shma loyihalarni amalga oshirib, Yangi O`zbekiston taraqqiyotiga salmoqli hissa qo`shayotgan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumatiga tashakkur izhor qilaman”, - dedi prezident.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida Toshkent shahridagi 179-maktab (o`quvchilarning 80 foizi), Qo`shko`pir tumanidagi 34-maktab (65 foiz), Navoiy shahridagi 8-maktab (45 foiz) eng faol maktab sifatida namuna ko`rsatgan.

 

    Boshqa yangiliklar