AsosiyJamiyat

O`zimizni ko`chalarda bir yildan buyon avtomobil boshqaraman — 13 yoshli bola(video)

'O`zimizni ko`chalarda bir yildan buyon avtomobil boshqaraman — 13 yoshli bola(video)'ning rasmi

Jizzax viloyati, Zomin tumanida YPX xodimlari tomonidan "Lacetti" rusumli avtomobil to`xtatilganda, rul boshqaruvidan 13 yoshli, 7-sinfda o`qiydigan bola tushib keldi. Holat yuzasidan YHXB ma`lumot berdi.

Avtomobil salonida ushbu bolaning ukasi va singlisi ham birga kelmoqda. 

YPX xodimi "Ota-onangizni xabari bormi avtomobil boshqarganingiz haqida?" - deb bergan savoliga bola - "Ha, xabarlari bor, o`zimizni ko`chada bir yildan beri boshqarib yuraman" - deya javob qaytargan. 

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar