AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga qarshi to`liq emlanganlar soni 3 milliondan oshdi

'O`zbekistonda koronavirusga qarshi to`liq emlanganlar soni 3 milliondan oshdi'ning rasmi

10 sentyabrda O`zbekiston hududlari bo`ylab 301 640 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 66 624 nafarni,  
  • 2-bosqich emlanganlar 175 631 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 59 385 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 16 600 174 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 9 920 165 nafarni,  
  • 2-bosqichda emlanganlar 5 007 996 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 1 672 013 nafarni tashkil qildi.  

Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 3 022 789 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Samarqand viloyati (41 867 doza),  
  • Andijon viloyati (35 579 doza),
  • Xorazm viloyati (29 642 doza)  band qildi.
  • Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
  • Farg`ona viloyatida 1 893 551 doza,  
  • Namangan  viloyatida 1 820 628 doza,  
  • Andijon viloyatida 1 788 279 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

 

    Boshqa yangiliklar