Bugun, 11 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 11:51 da (11.09.2021 yil, Grinvich bo`yicha 06:51 da) Qozog`istonda zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 41,55 gradus shimoliy kenglik; 69,12 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 33 km shimoliy-g`arbda.
Markaz xabariga ko`ra, zilzila O`zbekiston hududida sezilmagan. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri aholisi zilzilaning sezilarli darajada sodir bo`lganini aytmoqda.






