AsosiyJamiyat

Samarqandda "Ford" mashinasi YPX xodimi boshqaruvidagi "Equinox" bilan to`qnashdi

'Samarqandda "Ford" mashinasi YPX xodimi boshqaruvidagi "Equinox" bilan to`qnashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Samarqand shahrida sodir bo`lgan to`qnashuv yuzasidan YHXBB quyidagi ma`lumotlarni berdi. 

Joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 13:00 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahar hududida" Toshkent-Buxoro" yo`nalishida haydovchi I.A. "Ford" rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib o`zidan oldinda, svetoforning taqiqlovchi ishorasida to`xtab turgan haydovchi, YPX xodimi M.Rasulov boshqaruvidagi "Equinox" rusumli avtomobilning orqa tomoniga urilgan.

To`qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Transport vositalariga texnik zarar etgan.

Mazkur YTH yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar