AsosiyJamiyat

"Dehqonoboddagi qil ko`priqlar aholini xavotirga solmoqda. Rahbarlarnichi?” xabariga hokimlik munosabat bildirdi

'"Dehqonoboddagi qil ko`priqlar aholini xavotirga solmoqda. Rahbarlarnichi?” xabariga  hokimlik munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Dehqonoboddagi qil ko`priqlar aholini xavotirga solmoqda. Rahbarlarnichi?”, sarlavhali xabar tarqaldi. Unda tumanning Boyqo`rg`on qishlog`idagi osma ko`priklardan biri haqida so`z yuritilgan.

Maqolada shuningdek, Boyqo`rg`on qishlog`ida 6 ta osma ko`prik mavjudligi, ularning uchtasi aholi foydalanishi uchun xavfli holatga kelib qolgani ta`kidlangan.

Tuman hokimligi mazkur chiqishga munosabat bildirdi. 

"Haqiqatdan ham tumanda bunday ta`mirtalab ko`priklar ko`p. So`nggi besh yil ichida shunday osma hamda ta`mirtalab ko`priklarning 52 tasi qayta ta`mirlanib, yangilanib foydalanishga topshirilgani ham so`zimizning isboti bo`la oladi.

Mazkur ko`prik ta`mirtalabligi shaxsan hokimga, shuningdek sektor rahbari tuman IIB boshlig`iga ham avvaldan ma`lum bo`lgan. Biroq, rejaga ko`ra bundanda xavfli ko`rinishga kelib qolgan ko`priklar avvalroq ta`mirlanib, mazkur ko`prik ta`miri 2021-yilning oktyabr oyida yakunlanishi rejalashtirilgan" deydi hokimlik.

“Joriy yilning ayni kuniga qadar tumanda 17 ta ko`prik yangilanib, foydalanishga topshirilgan. Bu ko`priklarning qaysidiri ta`mirlangan bo`lsa, Duob qishlog`idagi ko`prik 3 milliard 178 million so`mga butkul yangi qurildi, Oboxshon qishlog`idagi ko`prik esa 1 milliard 533 million so`mga yangilandi. Qolaversa, bundayin ko`priklar ayni kunda ham qurilmoqda. Tumanning eng chekka hududidagi osma ko`prik ham e`tiborimizda. Hech qachon aholi muammosi e`tiborimizdan chetda qolmaydi”, — dedi tuman hokimi mazkur masalaga to`xtalar ekan.

    Boshqa yangiliklar