O`zbekiston Prezidentining katta qizi Saida Mirziyoeva 12 sentyabr, yakshanba kuni Shavkat Mirziyoevning nabirasi bilan tushgan suratini e`lon qildi.
Unda olimpiyachilar formasidagi davlat rahbarining Saida Mirziyoevaning qizi — Saodatxonni bag`riga bosib turgani aks etgan.
"Bugungi yakshanba tongi fayzli bo`ldi. Dam olish nimaligini deyarli bilmaydigan bobojonning bag`rilarida bo`lish — nevaralar uchun bayramdek. Hayotimizdagi eng quvonchli daqiqalar aslida juda oddiy narsalardan iborat — ota-ona bilan birga nonushta qilish, nevaralar qurshovida bo`lish, bir piyola choy ustida suhbatlar... Siz-chi, bugun ota-onangiz, buva-buvingizga quchoq ochdingizmi?", — deb yozgan Saida Mirziyoeva.






