AsosiyJamiyat

Jizzaxda maktab o`quvchilariga qonunga zid ravishda diniy ta`lim berayotgan fuqaro qo`lga olindi

'Jizzaxda maktab o`quvchilariga qonunga zid ravishda diniy ta`lim berayotgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati Mirzacho`l tumani «Bog`bon» qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi A.K. diniy ma`lumotga ega bo`lmasa-da, qonunga zid ravishda diniy saboq berish bilan shug`ullanayotganligini aniqladilar. Bu haqda viloyat“Rostda” xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, u tumanning «Bog`bon» va Mustaqillik fuqarolar yig`inida yashovchi, o`rta umumta`lim maktablarining 5-, 6- va 7-sinflarida o`qiydigan 5 nafar bolani “shogird”likka olgan. 

A.K.dan 1 dona diniy adabiyot va uyali aloqa vositasi hujjatlashtirib olindi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.        

 

    Boshqa yangiliklar