Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 sentyabr holatiga ko`ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko`rsatayotgan korxonalar soni 10 699 tani tashkil etgan.
O`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,2 % ga oshgan.
2021 yil yanvar-avgust oylarida axborot va aloqa sohasida 1 759 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 741 tasi kichik tadbirkorlik sub`ektlari hissasiga to`g`ri kelgan.
Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo`yicha eng ko`p ulushga ega bo`lgan hududlar:
- Toshkent shahri – 620 ta
- Farg`ona viloyati – 195 ta
- Samarqand viloyati – 155 ta
- Toshkent viloyati – 115 ta






