O`tgan hafta davomida Volga bo`yi hududlaridan antitsiklon hisobiga kirib kelgan salqin havo asta-sekin kuchsizlanadi. Bu haqda O`zbekiston girometerologiya xizmati xabar berdi. Unga ko`ra, salqin havo sharqqa Qozog`iston hududi tomonga qarab chekinadi.
Shuningdek, bugun O`zbekistonda harorat 27-32° bo`lgan quruq va nisbatan salqin havo bo`lishi kutilayotgani aytilmoqda.
Shu bilan birga, ertaga 14 sentyabr kuni va haftaning oxirigacha respublika hududi bo`yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va erta tongda havo 12-15° atrofida salqin bo`ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni isitadi va harorat seshanba kuni 29-34° dan - hafta oxiriga kelib 32-37° gacha asta-sekin ko`tariladi.