AsosiyJamiyat

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam bo`yicha murojaat qilgan fuqarolarga qo`shimcha qulaylik yaratildi. Endilikda...

'Bolalar nafaqasi va moddiy yordam bo`yicha murojaat qilgan fuqarolarga qo`shimcha qulaylik yaratildi. Endilikda...'ning rasmi

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam bo`yicha murojaat qilgan fuqarolarga qo`shimcha qulaylik yaratildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi matbuot xizmati rahbari Ayjamal Joldasbaeva ma`lum qildi.

— Ma`lumki, kam ta`minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 martdagi 122-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta`minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida Nizom”i asosida amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yil yanvardan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi respublikamizning butun hududiga joriy etilib, bugungi kunda  “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga 13 ta vazirlik va idoralarning elektron axborot bazalaridan olinadigan 40 turdagi axborot almashinuvi yo`lga qo`yildi.

Shu bilan birgalikda, fuqarolarning bolalar nafaqasi va moddiy yordam masalasida kelib tushayotgan murojaatlarini kamaytirish, shuningdek fuqarolarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilishda, shuningdek ma`lumot olishlarida qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi DUK tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimidan ma`lumot olish bo`yicha maxsus telegram bot - @sr_mf_uzbot ishga tushirildi.

Ushbu maxsus telegram botda:

- bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun berilgan arizalarning holati to`g`risida;

- “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi haqidagima`lumotlar;

- bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi;

- bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlashda arizaning rad qilinish sabablari;

- bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari;

- qisqa savol javoblar;

- barcha arizalarni ko`rish(ariza sanasi, ariza holati, summasi, rad etilish sabablari) kabi ma`lumotlar joylashtirildi.

Shuningdek, maxsus telegram botga “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash bo`yicha eng ko`p kelib tushayotgan savollar javoblari bilan birgalikda o`zbek va rus tillarida joylashtirilgan. 

Xizmatdan foydalanish uchun fuqaro o`zining JShShIRni va “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimidagi Arizasida ko`rsatib o`tilgan telefon raqamini kiritishi lozim bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar