Namanganda inson o`limi bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 10 sentyabr kuni soat 04:00 larda, Toshkent-O`sh yo`lining 250 km.da Pop tumani Qo`shminor MFY hududida, Surxandaryo viloyatida yashagan, 1979 yilda tug`ilgan fuqaro MChJga tegishli Isuzi rusumli yuk avtomashinasini Toshkent-Vodiy yo`nalishi bo`yicha boshqarib borayotib, harakat havfsizligini ta`minlay olmay qolgan. Natijada shu yo`nalishdan o`zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Farg`ona viloyatida yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Isuzi rusumli yuk avtomashinasiga urilib, boshqaruvni yo`qotib, yo`lning o`rta qismidagi temir to`siqqa urilib, ag`darilib ketgan.
YTH oqibatida 1979 yilda tug`ilgan fuqaro Isuzi rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 sentyabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






