AsosiyJamiyat

Tezkor xabar: O`zbekistonga va`da qilingan Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi

'Tezkor xabar: O`zbekistonga va`da qilingan Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi'ning rasmi

Hozirgina Toshkent xalqaro aeroportiga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo`ndi, deya tezkor xabar taqdim etmoqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati.

Eslatb o`tamiz, bundan avvalroq yurtimizdagi vaksinasiya jarayonlarida foydalanish uchun yangi turdagi vaksina olib kelinishi haqida xabar berilgan edi. 

Ayni paytda O`zbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, "Sputnik V" va Moderna vaksinalaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi yurtimizga qo`llanilayotgan 5-vaksina bo`ldi.

Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda.  

Ulardan:  

-1 342 480  dozasi AstraZeneca,

-18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,

-460 000 dozasi "Sputnik V",  

- 3 000 060 dozasi Moderna,

- 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanilib, to`liq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar